Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamg'armasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamg'armasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2023-yil 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loyev Turkiy madaniyat va meros xalqaro jamg'armasi prezidenti Gunay Efendiyeva bilan uchrashuv o'tkazdi.
Muloqot chog'ida O'zbekiston va mazkur tuzilma o'rtasida tomonlarni qiziqtirgan manfaatli sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ko'rib chiqildi. Mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosini targ'ib qilishga qaratilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.