YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv
2023-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori v.b. Xans-Ulrix Im bilan mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlagani munosabati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan YXHT va uning institutlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani ta’kidlandi.
Qo‘shma yo‘l xaritasiga kiritilgan YXHT loyihalarini 2023-2024-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha yanada yaqin hamkorlik qilish muhimligi qayd etildi.
Vazir o‘rinbosari YXHT loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchisiga O‘zbekiston bilan Tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan samarali faoliyati va salmoqli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Xans-Ulrix Im, o‘z navbatida, O‘zbekistondagi missiyasini amalga oshirishda ko‘rsatilgan har tomonlama yordam uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.