O‘zbekiston TIV rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ochildi
O‘zbekiston TIV rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari ochildi
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati va xalqaro hamkorligi to‘g‘risida keng jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish, raqamli diplomatiyani faol targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidovning quyidagi ijtimoiy platformalarda rasmiy sahifalari ochilgani ma’lum qilamiz:
Twitter: https://twitter.com/FM_Saidov
Facebook: https://www.facebook.com/FMSaidov/
Instagram: https://www.instagram.com/fm_saidov/
LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/fmsaidov/
Telegram: https://t.me/bakhtiyor_saidov
Mazkur akkauntlarda O‘zbekiston TIV rahbarining xalqaro hamkorlar bilan o‘tkazadigan uchrashuv va muzokaralari, Vazirlikda tashkillashtiriladigan tadbirlar, xorijiy tashriflar, TIVning jahon va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha bayonotlari, shuningdek, O‘zbekiston diplomatiyasining boshqa yangiliklari muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.