O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Joriy yil 11-yanvar kuni Kobul shahrida Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz.
Ushbu qabih harakat ko'plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo’ldi.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.