O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
2022-yil 30-noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. “Jihodiya” madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat ko‘plab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon boʻlishiga olib keldi.
Yana bir bor shuni maʼlum qilamizki, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lib, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiladi.
Halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tilaymiz.