BMT Tamaddunlar ittifoqi oliy vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
BMT Tamaddunlar ittifoqi oliy vakili bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2022-yil 23-noyabr kuni Fes shahrida (Marokash) boʻlib oʻtayotgan BMT Tamaddunlar ittifoqining toʻqqizinchi Global forumi doirasida Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, Tamaddunlar ittifoqi oliy vakili Migel Anxel Moratinos bilan uchrashdi.
M. Moratinos BMT Tamaddunlar ittifoqi global forumida ishtirok etgani uchun Oʻzbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, boʻlajak tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qoʻshma harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib olindi.
Tuzilma rahbariga Oʻzbekistonda bagʻrikenglik va insonparvarlikni mustahkamlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha ham maʼlumot berildi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Tamaddunlar ittifoqi faoliyati, uning maqsad va vazifalarini qoʻllab-quvvatlagan holda ushbu tashkilot bilan hamkorlik qilishga katta eʼtibor qaratadi.