Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axboroti
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili axboroti
Mamlakatimizning Seuldagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 30-oktabr soat 12.00dagi holatga ko‘ra, Itaevon ko‘chasida yuz bergan voqea oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi qayd etilgan. Yana bir vatandoshimiz esa jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Vaziyat Elchixona nazoratiga olingan, marhumning jasadini vatanga olib kelish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar hal qilinmoqda, O‘zbekiston fuqarosi joylashgan tibbiyot muassasasi bilan doimiy aloqada o‘rnatilgan.
Marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va Koreya Respublikasi hududida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Seuldagi Elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.