O‘zbekiston delegatsiyasining TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishidagi ishtiroki to‘g‘risida
O‘zbekiston delegatsiyasining TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishidagi ishtiroki to‘g‘risida
2022-yilning 17-oktabr kuni Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilishda 2022-yil 11-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan TDTning birinchi sammiti kun tartibi va tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan TDT davlat rahbarlari kengashiga imzolash uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishni ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosat hamda Tashkilot doirasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.