Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti
Kobul gʻarbidagi taʼlim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida oʻnlab insonlar, asosan, qizlar halok boʻlgani va jarohatlangani haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Yana roʻy bergan zoʻravonlik harakatlarni keskin qoralagan holda, mazkur yovuz va gʻayriinsoniy xuruj tashkilotchilari hamda ijrochilarini aniqlashda barcha zarur choralarni koʻrishga chaqiramiz.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.