BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida
2022-yil 7-sentabr kuni "Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo" Strategik muloqotining birinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun Ar-Riyod shahrida bo’lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik boʻyicha davlat vaziri Xalifa al-Marar bilan uchrashuv o’tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak tadbirlar, jumladan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlarning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasida, shuningdek, Ko'rfaz Arab davlatlari hamkorlik kengashi - Markaziy Osiyo formatida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilindi.
Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini orttirish, sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni hayotga tadbiq muhimligi e’tirof etildi.