Rashid Meredovga “Doʻstlik” ordeni topshirildi
Rashid Meredovga “Doʻstlik” ordeni topshirildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning Ashxobodga tashrifi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovga Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini, strategik sherikchilik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi “Doʻstlik” ordenini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli Farmonini tashqi ishlar vaziri v.b. V.Norov oʻqib eshittirdi.
R.Meredov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.
Turkmaniston tashqi ishlar vaziri bundan buyon ham ikki qardosh davlat oʻrtasidagi koʻp qirrali va strategik sheriklikni rivojlantirish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirish niyatida ekanini taʼkidladi.