Afg‘oniston bilan Davlat chegarasidagi hodisaga doir
Afg‘oniston bilan Davlat chegarasidagi hodisaga doir
Afg‘oniston va O‘zbekiston Respublikasi maxsus xizmatlarining vakolatli vakillari o‘rtasida Davlat chegarasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
2022-yil 21-avgustda Afg‘oniston fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bilan bog‘liq Payg‘ambar oroli (Surxondaryo viloyati) hududida yuz bergan hodisa muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida har ikki tomondan ham mazkur hududda taranglikni yuzaga keltirgan ayrim qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi.
Hozirgi paytda hodisa yuzasidan puxta tekshiruvlar o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ikki nafar halok bo‘lganlarning oilalariga taʼziya bildiradi, olti nafar yaralanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ushlangan shaxslarni o‘z vataniga qaytarishga tayyorlash jarayonlari yakunlanmoqda.
Har ikki tomon tinchlik tarafdori ekanligini, barcha masalalar o‘zaro manfaatlarni hisobga olish va bir-biriga hurmat asosida hal etilishini tasdiqladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi