IHTga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi “aqliy hujum” to‘g‘risida
IHTga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi “aqliy hujum” to‘g‘risida
2022-yil 23-may Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tehrondagi bosh-qarorgohida ilk bor a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasida IHTni isloh qilish jarayoni, shuningdek, mintaqada savdo-iqtisodiy va transport sohalarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan “aqliy hujum” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil noyabr oyida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan IHT sammitida e’lon qilingan tashabbusi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, mazkur ashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar tayyorlash uchun yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tashkil etadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov raisligidagi yig‘ilishda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari vakillari ishtirok etdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy tabrik nutqi bilan so‘zga chiqib, O‘zbekiston rahbariyatining yuqori darajadagi Ekspertlar guruhini tashkil etish tashabbusi barcha a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani va IHTning doimiy vakillar Kengashi majlisida rasman ma’qullangani uchun minnatdorlik bildirdi.
«Bunday shakldagi muloqot Tashkilot tarixida birinchi bor o‘tkazilayotgan bo‘lib, bu savdo, investitsiya va transport sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga yangi sur’at bag‘ishlash maqsadida tashkil etilgan».
Muhokamalarda IHTning mintaqalararo savdosini kengaytirish, tarifsiz to‘siqlarni bartaraf etish, yangi erkin savdo bitimini ishlab chiqish, transport yo‘laklarini rivojlantirish, yuk oqimlarining to‘siqsiz tranzitini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.
Muhokamalar chog‘ida O‘zbekiston hukumatining yangilangan va keng qamrovli IHT savdo Bitimini ishlab chiqish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish, Savdo, investitsiyalar va innovatsiyalar markazini tashkil etish, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish va tranzit salohiyatini kengaytirish bo‘yicha mintaqaviy strategiyani qabul qilish yuzasidan amaliy takliflarining dolzarbligi muhokama qilindi.